TOPIK javoblar blankasini to'ldirish namunasi

109-TOPIK II

IMTIHONI

Hozirgi vaqt / 현재 시각
00:00:00
TOPIK II
IMTIHON JADVALI
Imtihon bo'limi
Imtihon joyiga
kelish vaqti
Boshlanish
vaqti
Tugash
vaqti
Imtihon
davomiyligi
1
Eshitish Yozish
09:10
09:40
11:30
60 (daq) 50 (daq)
2
O'qish
11:50
12:00
13:10
70 (daq)

TOPIK imtihoniga aloqador qoidabuzarlik turlari va qoidabuzarlarga qo'llaniladigan jazo turlari

1. Ushbu imtihon natijasi bekor qilinadi

  • Savol varaqalarini imtihon boshlanishidan oldin ochishga uringan shaxslar.
  • Imtihon javob varaqasini boshlanishdan oldin yoki tugagandan so'ng to'ldirishga uringan shaxslar.
  • Aloqa qurilmasini o'zida ushlab turgan shaxslar.
  • Ovozni yozib olish, tasvirga olish funksiyasiga ega elektron qurilmalarni ushlab turish harakati.
  • Nazoratchining shaxsni tasdiqlash yoki buyumlarni tekshirishga bo'lgan talabiga bo'ysunmaslik.
  • Eshitish imtihoni vaqtida boshqa savollar (o'qish, yozish)ni yechib javoblarini belgilab o'tirish.
  • Boshqaning javoblar varaqasiga qarashga yoki o'zining varaqasini boshqaga ko'rsatishga uringan shaxslar.

2. Imtihon natijasi bekor qilinadi va 2 yil taqiq qo'yiladi

  • Boshqa shaxsning javoblar varaqasiga qaragan yoki o'zining varaqasini boshqa shaxsga ko'rsatgan.
  • Aloqa qurilmalari yoki imo-ishoralar orqali imtihon javoblarini almashgan shaxslar.
  • Noqonuniy materiallar (shpargalka) olib kirgan yoki ulardan foydalangan shaxslar.
  • Nazoratchining ko'rsatmalariga bo'ysunmagan shaxslar.
  • Imtihonni o'tkazishga jiddiy tarzda halaqit berish.
  • Boshqalardan to'g'ri javobni talab qilish.
  • Savollar va javoblarni varaqadan tashqari joyga yozgan shaxslar.
  • Imtihon tugagach savollar kitobi yoki javoblar varaqasini topshirmagan shaxslar.
  • Savollar/javoblar varaqasini tasvirga olgan, ovoz yozgan yoki internet orqali oshkor qilgan shaxslar.
  • Hujjatlarni (pasport va boshqalar) soxtalashtirib imtihonda qatnashish.
  • Natija sertifikatini qalbakilashtirib foydalangan shaxslar.

3. Imtihon natijasi bekor qilinadi va 4 yil taqiq qo'yiladi

  • Imtihonga o'rniga birovni kiritish yoki birovning o'rniga imtihonga kirish.
AI Ovoz 00:00 / 02:01